Bolgariyada ishlashni xohlovchi Elektr tarmoqlarida ishlovchi akalar diqqatiga!
Bizda hozirda elektrik sohasi bo‘yicha ish shartnomasi 3 yil muddatga bo‘lgan vakansiyaga yangi qabulimiz ochiq!
Ish o'rinlari:
• Elektr bo'yicha mutaxassis
Ish haqi: €1000 (EUR)
Ish vaqti va sharoitlar:
• Kuniga 8 soat yoki haftasiga 40 soat ish.
• Qo‘shimcha ish haqi alohida to‘lanadi:
ㅤ— Milliy bayram kunlari – 200%
ㅤ— Dam olish kunlari – 175%
ㅤ— Oddiy ish kunlari – 150%
• Haftasiga 5 kun ish, 2 kun dam olish (grafik asosida, dam olish kunlari shanba-yakshanba bo‘lavermaydi).
• Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga xizmat safarlari bo‘lishi mumkin.
• Ish shartnomasi – 3 yil muddatga rasmiylashtiriladi.
Majburiyatlar:
• Elektr o‘rnatmalari va uskunalarini o‘rnatish, texnik xizmat va ta’mirlash.
• Elektr tizimlaridagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.
• Elektr sxemalari bo‘yicha komponentlarni montaj qilish va ulash.
• Tizimlarning xavfsizlik va samaradorligini tekshirish.
• Hujjat yuritish va xavfsizlik standartlariga rioya qilish.
• Loyihalarda boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
• Erkaklar (20–50 yosh)
• Rus tilida muloqot qila olish
• Soha bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba
• Elektr texnikasi bo‘yicha o‘rta texnik yoki kasb-hunar ma’lumoti
• Elektr sxemalari va asbob-uskunalar bilan ishlashni bilish
• Mas’uliyatli, jamoada ishlashga moslashgan, yaxshi kommunikativ va tashkiliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish
Ish beruvchi ta'minlaydi:
• Turar joy taqdim etiladi
• Oziq-ovqat uchun oyiga €100 vaucher
• Sug'urta va avia chiptalar taqdim etiladi
Vakansiya 2025-yil 15-oktabrda ochilgan.
Turonworld.uz - Bizning vazifamiz mijozlarimiz va nomzodlarimiz uchun eng ishonchli hamkori bo'lishdir. Turli biznes tuzilmalari bilan barqaror munosabatlarni rivojlantirish va ulardan o'rganish korporativ madaniyat, biz nomzodning tashkilotdagi ro'lini belgilaydigan boshqaruvchi qidiruv jarayonini qo'llaymiz. Majburiyatlarimizni bajarish uchun biz biznes tamoyillarimizga kiritilgan yollash xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha kompleks strategiyalarni amalga oshiramiz.