Polsha elchixonasi uchun zarur hujjatlar

Polsha elchixonasi uchun zarur hujjatlar

Ko'rilgan: 130674

Polsha elchixonasi uchun zarur hujjatlar

Polsha elchixonasiga navbatga qo`yish uchun quyidaglar kerak bo`ladi:

  • Asl taklifnoma.
  • Chet elga chiqish uchun pasport.
  • Propiska bo'yicha yashash joyining to'liq manzili.
  • Nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma.
  • Telefon raqamlari.
  • Shaxsiy elektron pochta.

Roʻyxatga olish elektron konsullik tizimi orqali amalga oshiriladi, jarayon 7-10 kun davom etadi (roʻyxatdan oʻtishning oʻzi), chunki elchixona har bir nomzodga ikki bosqichli soʻrovnoma yuboradi.

Polsha elchixonasida lotereya tizimi bo'yicha nomzodlar navbati mavjud. Ya'ni, har bir nomzodning navbati turli vaqtlarda keladi. Ba'zilar uchun 10 kun davom etadi, lekin ko'p hollarda jarayon o'rtacha 1 oydan 5 oygacha davom etadi. Har hafta chorshanba va shanba kunlari tunda navbat javoblari chiqadi.

Elektron konsullik, navbati kelgan nomzodning elektron pochta manziliga ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi elektron pochta xabari yuboriladi.

Navbati kelguniga qadar navbatini olmagan nomzodga - Z przykroscią informujemy, że Twój wniosek nie zółt wylosowany w dniu **.**.****. Następne losowanie terminów vizit powiat się w dniu **.**.**** bu xat keladi. Shuning uchun, o'z navbatini olmagan nomzod avtomatik ravishda qur'a tashlash marosimining ertasi kuni takrorlanadi.

Har bir koordinator o'z loyihasi uchun javobgardir.

Koordinatorning o‘zi navbati tasdiqlangan nomzodlar bilan bog‘lanadi va hammasini tushuntiradi. Nomzod 1 kun oldin Toshkent shahridagi bosh ofisga kelib, hujjatlarini ilova qiladi va suhbatga tayyorgarlik ko‘radi. Hujjatlarni elchixonaga topshirgandan so'ng, javob 14 ish kuni ichida keladi.

  • Chet elga chiqish pasporti va milliy pasport
  • Oila tarkibi sertifikatlari (barchasi)
  • Elchixona uchun yuzning 80% biometrik fotosurati (matoviy - yaltiroq  bo'lmasligi, oq fon)
  • Diplom
  • Elchixona to'lovi - 80 evro (faqat naqd evro valyuta birligida qabul qilinadi)
  • * Sug'urta - 1 yil
  • Asl taklifnoma va elchixonaga ariza shakli.

* Toʻlov miqdori kurs yoki elchixona talablariga qarab farq qilishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!