Ish va sayohat (ferienjob).

Ish va sayohat (ferienjob).

Ko'rilgan: 198774

Ish va sayohat (ferienjob).

Germaniyadagi Ferienjob dasturi bu ayni vaqtdagi universitet talabalari uchun yozgi ta'til vaqtida ishlash va sayohat qilish imkoniyati hisoblanadi.

Germaniyadagi Ferienjob dasturiga hujjat topshirmoqchi bo'lgan kandidatlar Germaniyadagi ish beruvchilardan ish taklifnomasi olib, keyinchalik Germaniyaga ketish uchun vizani rasmiylashtirishda xizmat ko'rsatadigan O'zbekistondagi Germaniya elchixonasining yagona akkreditatsiya qilingan viza markazi hisoblanadigan Visametric saytidan onlayn holatda hujjatlarini topshirish uchun navbat oladi. Navbatni tasdiqlovchi hujjat biriktirilgan elektron pochtasiga yuboriladi. Keyin esa kandidat kerakli hujjatlarning barchasini yig'ib uchrashuv belgilangan sanada Visametric idorasiga boradi. Hujjatlar topshirilgandan so'ng 14 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Beriladigan viza turi Shengen vizasi hisoblanadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Asl taklifnoma va elchixonaga ariza shakli.
  • Elchixona uchun yuzning 80% biometrik surati (Shengen Matoviy, oq fon).
  • Chet elga chiqish pasporti va milliy pasport
  • Transkript (semestr baholari).
  • Sug'urta.
  • Talabalik guvohnomasi.
  • *Bank statement 2000/3000$ atrofida (spravka).
  • Mygov.uz platformasida o'qish haqida ma'lumotnoma.
  • Suhbat bo'lmaydi!
  • *Viza toʻlovi taxminan 1.300.000 soʻm.

* Toʻlov miqdori kurs yoki elchixona talablariga qarab farq qilishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing

Tegishli Vakansiyalar

Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!