Bolgariyaga viza olish uchun zarur hujjatlar va elchixonaga kirish jarayoni.

Bolgariyaga viza olish uchun zarur hujjatlar va elchixonaga kirish jarayoni.

Ko'rilgan: 128317

Bolgariyaga viza olish uchun zarur hujjatlar va elchixonaga kirish jarayoni.

Agar siz Bolgariyaga ishlash uchun borishni istasangiz, unda ishlashga taklifnoma olganingizdan so‘ng Toshkentdagi Bolgariya elchixonasiga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashuvga yozilishingiz kerak.

Viza turi "D"

Viza D - bu chet elliklarga Bolgariyada uzoq muddatli (yashash uchun ruxsatnoma) yoki (doimiy yashash) ruxsatnomasini keyinchalik berish uchun beriladigan uzoq muddatli yashash vizasi. Viza 180 kun davomida amal qiladi, kirish va chiqishlar soni cheklanmagan. Ushbu viza ko'pincha immigratsiya vizasi deb ataladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. 1. Anketa (ariza shakli) shaxsan to'ldirilishi kerak
  2. 2. Ariza beruvchining yuzining 80% biometrik fotosurati, o'lchami 3,5 x 4,5 (matoviy - yaltiroq  bo'lmasligi, oq fon).
  3. 3. Chet elga chiqish pasportining asli va nusxasi (10 yil oldin berilgan, ariza berilgan kundan boshlab kamida 18 oy davomida amal qiladi va kamida ikkita boʻsh varaqli) hamda barcha amaldagi vizalar nusxalari.
  4. 4. O‘zbekistonda yashash joyini tasdiqlovchi hujjat:
    1. - ichki pasportdagi manzilni qayd etish nusxasi (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun);
    2. - vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ruxsatnoma nusxasi (boshqa davlat fuqarolari uchun);
  5. 5. "Migratsiya" direksiyasi/bo'limi/sektori/guruhidan nomzodning Bolgariyada ishlashga ruxsatnomasi borligi to'g'risidagi bildirishnoma nusxasi.
  6. 6. Sudlanmaganlik to'g'risidagi guvohnoma (ingliz tilida, apostil qo'yilgan bo'lishi kerak)
  7. 7. Sug`urta – 6 oylik
  8. 8. Viza to'lovi - 100 evro (viza rad etilgan taqdirda, summa qaytarilmaydi).
  9. 9. *Vizalar narxi va shartlari: €100 uzoq muddatli - 15 dan 30 kalendar kungacha, ayrim hollarda 60 kungacha

* Toʻlov miqdori kurs yoki elchixona talablariga qarab farq qilishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.

 


Bolgariya elchixonasi manzili va raqami:

Tel: +998 (71) 256 48 88 / +998 (71) 255 40 17
Manzil: O‘zbekiston, Toshkent, Yakkasaroy tumani, Rakatboshi ko‘chasi, 52-uy



Do'stlaringiz bilan bo'lishing

Tegishli Vakansiyalar

Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!