Angliyaga mavsumiy ishga Certificate of Sponsorship (Homiylik sertifikati) kelgandan so`ng, Viza Markaziga navbat olish uchun zarur hujjatlar.

Angliyaga mavsumiy ishga Certificate of Sponsorship (Homiylik sertifikati) kelgandan so`ng, Viza Markaziga navbat olish uchun zarur hujjatlar.

Ko'rilgan: 123075

Angliyaga mavsumiy ishga Certificate of Sponsorship (Homiylik sertifikati) kelgandan so`ng, Viza Markaziga navbat olish uchun zarur hujjatlar.

Angliyaga mavsumiy ishlashga borish uchun ish beruvchidan “Certificate of Sponsorship” olganingizdan so’ng, viza olish uchun Toshkentdagi TLScontact – Viza olish markazida navbat olishingiz kerak bo'ladi.

Beriladigan viza turi “TIER 5” vizasi:
• Tier 5 vizasi Buyuk Britaniyaga ishchi sifatida mavsumiy ishga borishni xohlovchi fuqarolar uchun. Ushbu viza mavsumiy ish uchun mavjud bo'lganligi sababli, siz murojaat qilayotgan lavozim doimiy bo'lmasligi mumkin.

Kerakli hujjatlar:

• Viza anketa
• Certificate of Sponsorship (Homiylik sertifikati)
• Biometrik pasport yoki ID karta
• Xorijiy pasport
• Ota-onasining pasporti
PDF nusxasi
• Oilaviy ahvoli ( uylangan / uylanmagan )
a) agarda uylangan bo’lsa rafiqasining pasporti
b) farzandlari bo’lsa passport yoki tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma

• Nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma
• Haydovchilik guvohnomasi

Vizaga javob 2 hafta ichida chiqadi

* E'tibor bering, konsullik to'lovi va yig'ilishi kerak bo'lgan hujjatlar to'plami elchixona talablariga qarab o'zgarishi mumkin.


TLScontact Viza olish markazi raqami va manzili:

Tel: +998 (71) 205 51 65
Manzil: “Grand Inter Building” BC, 100000, Toshkent, Afrosiyob ko‘chasi, 4A, A massiv.

 



Do'stlaringiz bilan bo'lishing

Tegishli Vakansiyalar

Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!