Ish va Sayohat

Ish va Sayohat

Ko'rilgan: 135009

Yozgi ta'tilingizni Yevropada o'tkazishni va o'qish uchun to'lovlarni to'lash uchun yetarli pul ishlashni xohlaysizmi? Agar javobingiz "HA" bo'lsa, ajoyib yechim bor - Germaniyada 60 kundan 90 kungacha ishlab va sayohat qiling, butun Yevropa bo'ylab sayohat qilish imkoniyatiga ega bo`ling!

Yozda Germaniyada ishlash nafaqat moliyaviy daromad olish, balki ajoyib dam olish imkoniyatidir. Germaniya Yevropadagi eng mashhur sayyohlik markazlaridan biridir. U o'zining boy tarixiy va madaniy merosi bilan mashhur va haqli ravishda Yevropaning eng qiziqarli davlatlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonlik talabalar uchun Work and Travel Germany dasturi ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi. Hatto eng kichik shaharchada ham siz qiziqarli diqqatga sazovor joylar va unutilmas taassurotlar, yangi tanishlar, do'stlar bilan muloqot qilish, nemis tili bo`yicha bilimingizni oshirishga imkon topasiz. Germaniya o'zining yuqori turmush darajasi va yaxshi maoshi bilan mashhur. Ushbu dasturni tanlang va soatiga kamida 12 yevrodan ishlang! 90 kun davomida ishtirokchi taxminan 3500 yevro oladi. Dastur to'liq o'z samarasini beradi! Ushbu dastur faqat 18 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun javob beradi. Shuningdek, Germaniyada, eng kuchli iqtisodga ega mamlakatda tajriba orttirish, kelajakdagi kasbingizni rivojlantirishda katta yordam beradi. Shuningdek, siz Facebook, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi do'stlaringiz ro'yxatini kengaytiradigan ko'plab qiziqarli odamlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Ikkilanmang!

Bizning nufuzli Turon World Cooperation kompaniyamiz orqali Work and Travel dasturiga ariza topshiring!

 



Do'stlaringiz bilan bo'lishing

Tegishli Vakansiyalar

Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!